Возрастное ограничение 12+

Siz kimsiz? Nimasiz?

Описание

Rossiyada sodir bo‘lgani aytilyotgan va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalyotgan videoda bir guruh o‘zbekistonliklar metropoliten eskalatorida "anjanliklar keldi" deya baqirib, jamoat tartibini buzgani aks etgan.

Reydlar, qo‘pol muomala va diskriminatsiya avj olgan bir paytda migrantlarning bunday harakati vaziyatni battar yomonlashishiga ta’sir ko‘rsatmay qo‘ymaydi. Bunday ommaviy tartibbuzarlik Rossiyadagi tabloidlar, millatchi bloglar uchun tayyor "go‘sht" bo‘lishi ehtimoli katta, afsuski.

Shu o‘rinda muhim eslatma: jamoat joylarida, ayniqsa, xorijda o‘zingizni munosib tuting, baqirmang, tartibni buzmang! Chetda sizni bir shaxs bilan emas, butun mamlakat, millat nomi bilan tamsil qilishlarini unutmang! Istalgan joyda yovvoyilarga xos tarzda baqirib, qayerdan ekaningizni, kimning avlodi ekaningizni aytib, mahalliy fuqarolarni hayronu lol qoldiraman, deb o‘ylamang! Bu ularning o‘zbekistonliklarga bo‘lgan bor hurmatning ham yo‘qolishiga sabab bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, "Anjanliklar keldi" hayqirig‘i "Andijon" futbol klubi fanatlari tomonidan o‘ylab topilgan va O‘zbekiston bo‘ylab tarqalgan.

Ta’kidlash kerakki, so‘nggi yillarda turli xorij mamlakatlari aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining kirishi bilan bog‘liq muammolar ko‘payib ketdi. Bunga shu kabi xunuk holatlar va turli jinoyatlar ham sabab bo‘lgani taxmin qilinadi.

Telegram 👉 https://t.me/migrantuz (@migrantuz)
TikTok 👉 https://www.tiktok.com/@migrantuzb
Instagram 👉 https://www.instagram.com/migrantuzb (@migrantuzb)
YouTube 👉 https://www.youtube.com/@migrantuzb
Facebook 👉 https://fb.com/migrantuz
ВКонтакте 👉 https://vk.com/migrantuz
Rasmiy veb-sayt: https://www.migrant.uz

#патент #регистрация #migrant #migrantuz

Автор

Migrant.uz
Migrant.uz